Balandlikda ishlashning boshqa usullari bilan solishtirganda havo platformalaridan foydalanishning asosiy afzalligi - bu ko'tarish balandligi va ishning xavfsizligi. Bu ikki omil bunday mashinalarni eskirgan narvonlardan yaxshi ajratib turadi. Bundan tashqari, havo platformasining savati to'g'ridan-to'g'ri ish joyida kerakli elektr asboblarini ulash imkonini beruvchi rozetka bilan jihozlangan.
Xitoyning DONG FENG C31 shassisida o'z dizaynimizdagi COMET (Italiya) mini 12 metrli havo platformasini taqdim etamiz. Ixtisoslashtirilgan yuk ko'taruvchi transport vositasi: Maxsimal ishchi balandligi - 12 metrni tashkil etadi. Oldi va orqa tomonga maxsimal harakati - 4.5 metrgachani tashkil etadi. Yerdan savatcha poligacha bo’lgan maksimal balandlik – 10 metr. Platformani yana bir qulaylik tomoni shundaki uni savatcha ichida turib boshqarish imkoniyatiga ega. Havo platformasining yuk ko’tarish qobilyati 200 kg gacha, ya’ni ikkita operatorlar ham qulay ishlash sharoitiga ega. Havo platformasidan 360 oC ga aylantirib foydalanish mumkin. Avtohavoplatformada kerakli jihozlarni va ish qurollarini olib yurish uchun qo’shimcha qutilarga ega. Avtohavoplatforma bu eng kam harajatli texnikalar qatorida hisoblanadi. Ushbu havo platformasi Italiyaning yirik ishlab chiqaruvchi COMET korxonasida yuqori malakali va tajribaga ega bo’lgan mutaxasislar tomonidan ishlab chiqariladi. Asosiy yuk ko’taruvchi mexanizmlari va balkalari yuqori sifatli po’lat materiallaridan tayyorlangan bo’lib, eng zamonaviy yuqori aniqlikdagi dastgohlar yordamida tayorlanadi. Avtohavoplatforma teleskopik ravishda ishlaydi. Har bir teleskopik himoyalangan bo’lib, undan noto’g’i foydalanishni oldi oladi. Agar inson omili yordamida boshqarilganda hatolik yuz bersa buni havoplatforma darhol sezib ishlashdan to’xtaydi va avtomatlashtirilgan signal ovozi eshitiladi. Avtohavoplatformaning mukammal aniqlikda va xavfsizlikda ishlashini ta’minlash uchun 4 ta ko’tariluvchi gidroustunlari mavjud